G‘ijduvon tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish kabi muhim vazifalarni bajaradi.